31/01/2023

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 19 trln 687,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil mos davriga nisbatan 14,2 % ga ko‘paygan.

🔹Yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 1 trln. 512,3 mlrd. so‘mni,

🔸Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 18 trln. 174,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

♻️ Chakana savdo aylanmasi yuqori o‘sish surʼatlari kuzatilgan hududlar:

🔹Chust tumani - 124,7 %
🔹Namangan tumani - 120,8 %
🔹Uychi tumani - 117% ni tashkil etgan.

Maʼlumot o‘rnida: 2022- yilda o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 6 mln. 641,4 ming so‘mni tashkil etib, 2021- yil mos davriga nisbatan 11,7 % ga ko‘paygan.