Joriy yilning 27–29-yanvar kunlari poytaxda IT Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Virtual Group IT kompaniyasi tomonidan “Open Data Challenge 2022” keng ko‘lamli xakatoni tashkil etildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Akfa xalqaro universiteti ko‘magida o‘tkazildi.
Tanlovda 265 nafar (17 nafar qiz va 248 nafar yigit) kishi ishtirok etib, ular 97 ta jamoaga bo‘lingan. Jamoalarning har biri quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ishlagan: davlat sektori – 16 ta, ijtimoiy sektor – 40 ta, biznes sektori – 31 ta, korrupsiyaga qarshi kurash – 10 ta.
“Demo Day” – final taqdimotga 97 ta jamoadan 68 tasi oʻtdi, bu esa tanlov ishtirokchilarining yuqori tayyorgarligi va professionalligini koʻrsatadi.
Demo Day ikki bosqichda o‘tkazildi, shundan so‘ng har bir yo‘nalishdagi eng yaxshi loyihalar tanlab olindi. Hakamlar hay’atining baholash natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar xakaton g‘olibi bo‘ldi:
1-oʻrin (korrupsiyaga qarshi kurash): Tzeentch jamoasi (Boris Soyfer, Aleksandr Shabanov, Igor Dostavalov) – noqonuniy binolarni aniqlash maqsadida kadastr reyestriga kiritilmagan binolarni aniqlash loyihasi;
2-o‘rin (ijtimoiy sector) Cookies (Maftuna Ziyamova, Malika Rahimova, David Alkamyan) – oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish uchun mobil ilova;
3-oʻrin (davlat sektori): Realcto (Aleksey Mordvinov) – malakalangan ma’lumotlarni, shuningdek grantlarni taqsimlashni shaffof tarzda takomillashtirish maqsadida davlat va universitetlarni bogʻlab turuvchi platforma.
G‘oliblarga “HP Victus” noutbuklari, “Samsung Tab” planshetlari, “Xiaomi” smartfonlari topshirildi.