02/02/2023

Namangan shahrida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 365,7 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 103,7 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 51,4 %ini erkaklar 48,6 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 14 172 kishini, vafot etganlar soni 2202 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 3 723 ta nikohlar va 862 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan shahri bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 298 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 866 kishini tashkil qilgan.

 

Namangan shahar statistika bo‘limi