03/02/2023

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilgʻor tajribalarga ega davlatlarning sohada amalga oshirayotgan ishlari yoritib boriladi. (https://unstats.un.org/wiki/display/sdgGoodPractices/Countries%3A+SDG+platform).

2022-yil yakuniga koʻra, 87 ta eng ilgʻor tajribaga ega davlatlar qatoridan Oʻzbekiston Respublikasi ham joy oldi va mamalakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilindi.

screenshot_2-krur

Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha erishilgan natijalarni kuzatib borish va ushbu sohada mamlakatdagi mavjud vaziyat toʻgʻrisida dolzarb maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida, 2019-yil BMT Taraqqiyot dasturining texnik koʻmagi bilan Oʻzbekistonda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari koʻrsatkichlari boʻyicha veb-sayt (https://nsdg.stat.uz/) ishlab chiqilgan edi.

Ushbu veb-sayt konsepsiyasi sohadagi eng ilgʻor texnologiyalar va uslubiy ishlanmalar hamda  soʻnggi yangiliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari veb-sayti Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha yutuqlarini tahlil qilish va kuzatishda milliy va xalqaro foydalanuvchilar uchun yagona va ishonchli maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Unga ko‘ra:

screenshot_1rekn

– maʼlumotlarni taqdim etish jarayonida materiallarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

– milliy strategik hujjatlar va BMT agentliklari bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda qoʻllaniladi;

– fikr-mulohazalar orqali milliy BRM indikatorlari tizimini takomillashtirishga yordam beradi;

– platforma maʼlumotlarini avtomatik ravishda mashinada oʻqiladigan formatga aylantirishni taʼminlaydi.

Mazkur qulayliklar maʼlumotlarni tarqatishni osonlashtiradi. Veb-sayt dasturiy vositalardan foydalanmasdan, turli darajadagi tafsilotlar bilan yangi koʻrsatkichlarni, ular uchun uslubiy maʼlumotlarni yuklashga imkon beradigan, foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega.

screenshot_4-uz

Platformani yuklab olish va boshqarish uchun maʼlumotlar oqimini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Veb-sayt zamonaviy vizualizatsiya usullarini amalga oshiradi, bu foydalanuvchiga analitik jadvallarni yaratish va grafik tasvirlarning mos turlarini tanlash imkonini beradi.

Hisoblash metodologiyasi va boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlgan har bir indikator uchun taqdim etilgan.

Mazkur veb-sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida yuritiladi. Veb-sayt MDH mamlakatlari orasida ilgʻor amaliyotning ajoyib namunasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik natijasidir.

screenshot_5-uz

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020 va 2021-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston Respublikasida Milliy BRMga erishish boʻyicha statistik koʻrsatkichlar toʻplamlari” uch (rus, oʻzbek va ingliz) tilda tayyorlangan va nashr etilgan.

Statistika agentligi barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlidagi milliy taraqqiyotni oʻlchash, milliy maʼlumotlar va koʻrsatkichlardan foydalanish, siyosiy jihatdan hisobot berishga moʻljallangan yangi ESKATO-BRM vositasi – “SDG Tracker”ni joriy etdi hamda foydalanuvchilar uchun qulay boshqaruv panelini yaratdi. Hozirda mavjud maʼlumotlarni BRM “SDG Tracker” boshqaruv paneliga kiritish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Milliy BRM monitoring tizimi mamlakat uchun dolzarb deb tan olingan 190 ta indikatorni oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb saytidida uchta (rus, oʻzbek va ingliz) tilda, 128 ta milliy BRM koʻrsatkichlari, 60 ta koʻrsatkich esa “Tracker” BRM boshqaruv panelida joylashgan. Hozirda BRM “Tracker” boshqaruv paneli ishlab chiqilmoqda.