09/02/2023

Open Data Week Uzbekistan – 2022” Ochiq ma’lumotlar haftaligi doirasida turli tabirlar bo‘lib o‘tdi.

1-gjklhkljokl

Xakaton ishtirokchilari uchun ochiq ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida maxsus 4 ta yoʻnalish boʻyicha vebinarlar o‘tkazildi. Xususan,

  • Davlat organlari bilan ishlash orqali ochiq maʼlumotlarni shakllantirish. Davlat sektoridagi muammolarni hal qilishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish;
  • Ijtimoiy sektordagi mavjud muammolar, mavjud ijtimoiy loyihalar, loyihalarni ishlab chiqishda qayerda va qanday ochiq ma’lumotlardan foydalanish mumkin;
  • Sun’iy intellekt sohasida startap yaratishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish;
  • Korrupsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida qanday muammolar mavjud va ochiq maʼlumotlar yordamida qanday yechimlar topildi.

2-hjgghdfll

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari uchun Daniyadagi Microsoft tashkilotining Bulutli ma'lumotlar va sun'iy intellekt yechimlari arxitekturasi departamenti direktori (Head of Data and AI Cloud Solution Architecture, Microsoft Denmark) Umid Ahmedov ishtirokida “Sun’iy intellekt” texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

3-hgghdfgfjk

Shuningdek, ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarga “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Loyiha-texnik hujjatlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshligʻi Maksumov Doniyor Mixayminovich taklif etildi.

5-tycuijkjkb

 Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Open Data Inventory (ODIN), Global Data Barometer (GDB) va boshqa ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash;
  • Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar ekotizimining hozirgi holati; Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlarni yanada rivojlantirish istiqbollari va yoʻnalishlari; Oʻzbekistonda “Ochiq maʼlumotlar siyosati” (Open Data Policy);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida sunʼiy intellekt asosida dasturiy taʼminotda foydalanish uchun raqamli maʼlumotlar platformasini yanada rivojlantirish [data.egov.uz];
  • Xalqaro transport forumi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) va boshqa xalqaro tashkilotlar maʼlumotlar bazalarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yetishmayotgan maʼlumotlarini toʻldirish masalalari ko‘rib chiqildi.

6-uilgdryhighc

Ta’kidlash lozimki, “Open Data Challenge – 2022” xakatoni IT Park YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Virtual Group IT-kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ko‘magida tashkil etildi.

7-yhvutdyfyuio8-bhilcfyghkl