Joriy yilning 9- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev, Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sanjarbek Toshbayev hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Zohidjon Ziyayev va Sanjarbek Toshbayev ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, mamlakatimizda migratsiya statistikasining yuritilishi va kelgusida uni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv ishtirokchilari migratsiya statistikasini yuritish borasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida ham kelishib olishdi.