2023- yil 10- fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 3- fevraldagi «Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-43-son Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.