2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 8 129,3 mln. dona tuxum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan tuxum umumiy hajmining 61,9 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 14,8 % i – fermer xoʻjaliklariga, 23,3 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.