Joriy yilning 14- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari B. Xoliqov Namangan hamda Mingbuloq tumanda 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlari o'tkazish jarayonida ishtirok etdi.
Kuzatuvlarni bevosita tuman statistika bo‘limi narx registratorlari ishtirokida zamonaviy texnologiya(planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va oziq-ovqat maxsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi. Boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari B. Xoliqov tomonidan narx registratorlariga real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuv jarayonlaridan fotolavhalar:
Axborot xizmati