2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 37,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 9 mln. 655,1 ming dona kostyum shim va trikotaj kiyimlar eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mosa davriga nisbatan 8,8 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.
Tahlillarga ko‘ra kostyum shim va trikotaj kiyimlarni 43,6 %i yoki 16,4 mln AQSH dollari Rossiyaga, 9,4 mln. AQSH dollari Qirg‘iz Respublikasiga, 5,6 mln. AQSH dollari Germaniyaga, 3,3 mln. AQSH dollari Polshaga hamda 1,4 mln. AQSH dollari Qozog‘iston davlatiga eksport qilingan.
Maʼlumot o‘rnida, 2022- yilad 6 ta davlatga 1,1 mln. AQSH dollari miqdorida sport kiyimlari eksport qilingan bo‘lib, eksport amaliyoti asosan Germaniya, Rossiya, Polsha va Isroil davlatlari bilan amalga oshirilgan.