2022- yil yanvar-dekabr oylarida Namangan shahrida asosiy kapitalga 5 trl. 291,7 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, shundan 39,3 %ini qurilish montaj ishlari, 57,9 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 2,8 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 1 trln. 266,3 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 1 1 trln. 501,1 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 1 trln. 468,6 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 367,6 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hamda 211,1 mlrd. so‘mi boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Raximov Alisher Ismailovich
Namangan shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi