16/02/2023

Mingbuloq tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 134,1 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,9 foizga ko‘paydi. Doimiy aholining 50,9 %ini erkaklar 49,1 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 3455 kishini, vafot etganlar soni 494 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1033 ta nikohlar va 148 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 93 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 184 kishini tashkil qilgan.

Dadaxonov Shoxruh Ulug‘bek o‘gli

Mingbuloq tuman statistika bo‘limi boshlig‘i