2022- yil yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumanida asosiy kapitalga 418,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 108,0 %ni tashkil etgan. Shundan 62,9 %ini qurilish montaj ishlari, 12,8 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 24,3 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 44,7 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 28,7 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 98,9 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 150,6 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Xusanov Islomjon
Mingbuloq tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi