Joriy yilning 16- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Melixujayev hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi M. Sobirjanov ishtirokida Namangan tumani “Namuna" MFY Bunyodkor ko'chasida 92-a uyda istiqomot qiluvchi Maxsudov Bahromjon xonadonida uy xo'jaligi kuzatuvlari o'tkazildi. Tadbirda boshqarmasi boshlig‘i S.Melixujayev xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Kuzatuvlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali bevosita so'rovnoma tarzida o'tkazildi.
✅ Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Jarayondan fotolavhalar: