Joriy yilning 17- fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan muhandislik qurilish inistituti talabalariga "Namangan viloyatida ijtimoiy soha statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov, Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Karimov hamda Namangan muhandislik qurilish inistituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.
Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, aholini ro‘yxatga olish nima uchun zarurligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.
Tadbir davomida Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Sh. Karimov ta'lim, innovatsiya, sog'liqni saqlash, turizim, sport hamda madaniyat sohalari bo'yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakillantirsh, ularni qayta ishlash va e'lon qilish jarayonlari shuningdek, ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati