21/02/2023

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yil 1- yanvar holatiga 1 km2ga oʻrtacha 80,2 kishi toʻgʻri kelmoqda. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga koʻpaygan.

Hududlar boʻyicha aholi zichligi tahlil etilganda eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahri (1 km2ga oʻrtacha 6 592,8 kishi), Andijon (772,3 kishi) hamda Fargʻona (588,3 kishi) viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar kesimida 1 km2ga toʻgʻri keladigan aholi soni:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 11,9 kishi 

Andijon – 772,3 kishi

Buxoro –  50,0 kishi

Jizzax – 69,6 kishi 

Qashqadaryo – 121,9 kishi

Navoiy – 9,5 kishi 

Namangan – 402,8 kishi 

Samarqand – 245,6 kishi

Surxondaryo – 139,7 kishi

Sirdaryo – 209,7 kishi

Toshkent – 197,7 kishi

Fargʻona – 588,3 kishi 

Xorazm – 323,9 kishi

Toshkent sh. – 6592,8 kishi

oaahwvydqpuir3e3wpfus1frgz2q1569qwyx