21/02/2023

Joriy yilning 21- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya-adolat va jamiyat kushandasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev korrupsiya-o‘zi nima, korrupsiyaning oqibatlari bilan keskin kurashish, uning oldini olishimiz va unga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.