Joriy yilning 20- fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Bolalar jamg'armasi vakolatxonasi (UNICEF) rahbari bilan kelgusida hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich, BMTning Bolalar jamg'armasining (UNICEF) O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida B. Begalov va Munir Mamedzade ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha fikr almashdilar, jumladan, “MICS 7” Multindikator Klaster kuzatuvlarining navbatdagi bosqichini tayyorlash va bolalar haqidagi ma'lumotlarni takomillashtirish jarayoniga to'xtalib o'tishdi.
Uchrashuv ishtirokchilari kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan qo'shma loyihalar va tashabbuslarni tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.