23/02/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Namangan  tumanida asosiy kapitalga 1488,2 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 120,0 %ni tashkil etgan. Shundan 32,0 %ini qurilish montaj ishlari, 58,6 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 9,4 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 126,4 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 530,0 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 410,9 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 132,4 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Raxmatov Jaloliddin Pazliddin o‘g‘li

Namangan tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi