O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2023- yilning 24- fevtal kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish hamda eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev joriy yilning fevral oyida qabul qilingan qonun hujjatlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 31- yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Axborot xizmati