24/02/2023

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyatida jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari tarkibida to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 40,7 % (2022-yil yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 103,7 %), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 20,8 % (2022-yil yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 88,9 %), elektr uskunalari ishlab chiqarish sohasining ulushi - 2,6 % (2022-yil yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi - 94,2 %), asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish sohasining ulushi - 1,5 % (2022-yil yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 2,5 % (2022-yil yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 98,0 %) ni tashkil etdi.