📌 Joriy yilning 24- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov va Namangan tumani statistika bo‘limi boshlig‘i X. Sobirovlar Namangan tumanida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylar kuzatuvini o‘tkazishdi.
🏠 Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
✅ Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.
Kuzatuv jarayonidan fotolavhalar: