Pop tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 231,3 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,2 %ini erkaklar 49,7 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 5730 kishini, vafot etganlar soni 1031 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 815 ta nikohlar va 328 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Pop tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 206 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 447 kishini tashkil qilgan.
Abduvahobov Dilmurod Abduvoxidovich
Pop tuman statistika bo‘limi boshlig‘i