24/02/2023

Pop tumanida 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 114 292 tonna jami don, shundan 93 865 tonnasi bug‘doy tashkil qildi. O‘tgan davrda 12,9 ming tonna kartoshka, 81,6 ming tonna sabzavot, 13,1 ming tonna poliz ekinlari, 15,9 ming tonna meva va rezavorlar va 3,4 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, tirik vazn hisobida 11 ming 345 tonna go‘sht, 58 ming 741 tonna sut, 48 mln. 263 ming dona tuxum yetishtirildi.

Sotvoldiyeva Dilfuza Axadjon qizi

Pop tuman statistika bo‘limi yetakchi mutasassisi