27/02/2023

2022- yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 2 109 ta, sanoatda 1 492 ta hamda Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 679 ta yangidan tashkil etilgan.

Viloyatning shahar va tumanilari kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma Namangan shahrida 1689 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 479 ta, Chust tumanida 446 ta, Chortoq tumanida 397 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 358 ta, Uychi tumanida 353 ta, Namangan tumanida 344 ta yangidan tashkil etilgan.