27/02/2023

To‘raqo‘rg‘on tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 239,5 ming kishini tashkil etib, 2022- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2,6 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,6 %ini erkaklar 49,4 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 6935 kishini, vafot etganlar soni 937 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 897 ta nikohlar va 339 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 169 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 229 kishini tashkil qilgan.

Otabayev Shokirjon Abdumutolipovich

To‘raqo‘rg‘on tumanstatistika bo‘limi boshlig‘i