27/02/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 1525,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 136,0 %ni tashkil etgan. Shundan 34,3 %ini qurilish montaj ishlari, 61,6 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 4,1 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 75,0 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 669,1 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 458,8 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 199,6 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Muxsinov Nodirbek Ilxomovich

To‘raqo‘rg‘on tumanstatistika bo‘limi bosh mutaxassisi