27/02/2023

To‘raqo‘rg‘on tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 76 627 tonna jami don, shundan 36 031 tonna boshoqli don ekinlari ishlab chiqarilib, shu jumladan 35 939 tonnasi bug‘doy tashkil qildi. O‘tgan davrda 28,1 ming tonna kartoshka, 83,0 ming tonna sabzavot, 5,6 ming tonna poliz ekinlari, 30,5 ming tonna meva va rezavorlar va 25,9 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, tirik vazn hisobida 11 ming 754 tonna go‘sht, 66 ming 501 tonna sut, 82 mln. 784 ming dona tuxum yetishtirildi.

Kamolov Abrorjon Muxammadjonovich

To‘raqo‘rg‘on tumanstatistika bo‘limi yetakchi mutasassisi