27/02/2023

2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 331,8 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Namangan shahri (3 740,1 mlrd. so‘m), Uychi (779,1 mlrd. soʻm), Namangan (729,7 mlrd. soʻm), Chust (618,3 mlrd. soʻm) va Chortoq (375,4 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Norin tumanida (123,2 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.