28/02/2023

Uychi tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 227,2 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,0 %ini erkaklar 50,0 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 6291 kishini, vafot etganlar soni 1231 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 719 ta nikohlar va 310 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Uychi tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 250 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 278 kishini tashkil qilgan.

Raxmatov Zafarjon Saydullayevich

Uychi tumanstatistika bo‘limi boshlig‘i