2022- yil yanvar-dekabr oylarida Uychi tumanida asosiy kapitalga 445,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 114,9 %ni tashkil etgan. Shundan 43,3 %ini qurilish montaj ishlari, 54,1 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 2,6 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 90,1 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 38,6 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 128,6 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 151,2 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Xolboyev Jamoliddin Juraxonovich
Uychi tumanstatistika bo‘limi bosh mutaxassisi