28/02/2023

Uychi tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 51 499 tonna jami don, shundan 38 580 tonnasini bug‘doy tashkil qildi. O‘tgan davrda 9,2 ming tonna kartoshka, 67,7 ming tonna sabzavot, 5,2 ming tonna poliz ekinlari, 20,8 ming tonna meva va rezavorlar va 12,0 ming tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, tirik vazn hisobida 14 ming 333 tonna go‘sht, 47 ming 754 tonna sut, 98 mln. 892 ming dona tuxum yetishtirildi.

Tursunov Ulug‘bek Baxromjon o‘g‘li

Uychi tumanstatistika bo‘limi yetakchi mutasassisi