28/02/2023

2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 309 tani, shundan qo‘shma korxonalar 182 ta va xorijiy korxonalar 127 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Sanoat sohasida – 139 ta
  • Savdo sohasida – 55 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 ta
  • Qurilish sohasida – 22 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 10 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 ta
  • Tashish va saqlash sohasida – 4 ta
  • Boshqa sohalarda – 29 ta