2023-yilning 1-fevral holatiga viloyatimizda 309 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
- Rossiya – 71 ta
- Xitoy – 54 ta
- Turkiya – 41 ta
- Janubiy Koreya – 28 ta
- Qozog‘iston – 15 ta
Bundan tashqari 2023- yilning yanvar oyida xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning soni esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- Turkiya – 2 ta
- Janubiy Koreya – 1 ta