01/03/2023

2023- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 35845 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 foizga oshganligi va shu bilan birga 87,7 foizini (31 427 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 11 992 ta
  • Chust tumani – 2 936 ta
  • Pop tumani – 2 312 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 2 285 ta
  • Uychi tumani – 2 260 ta
  • Namangan tumani – 2 226 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 2 215 ta
  • Chortoq tumani – 2 132 ta
  • Kosonsoy tumani – 2 175 ta
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 832 ta
  • Norin tumani – 1 830 ta
  • Mingbuloq tumani – 1 650 ta