03/03/2023

Uchqo‘rg‘on tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 181,7 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,0 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,9 %ini erkaklar 49,1 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 4608 kishini, vafot etganlar soni 761 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 470 ta nikohlar va 279 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Uchqo‘rg‘on tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 232 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 465 kishini tashkil qilgan.

Kamolov Jobirxon Baxodirxo‘ja o‘g‘li

Uchqo‘rg‘on tumanstatistika bo‘limi boshlig‘i