06/03/2023

 Chortoq tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 210,4 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,1 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi sonining 50,1 %ini erkaklar 49,9 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 5388 kishini, vafot etganlar soni 831 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 667 ta nikohlar va 211 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Chortoq tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 24 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 305 kishini tashkil qilgan.

Raximjanov Sherzodbek Ravshanbek o‘g‘li

Chortoq tuman statistika bo‘limi boshlig‘i