06/03/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Chortoq tumanida asosiy kapitalga 657,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, shundan 52,5 %ini qurilish montaj ishlari, 39,6 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 7,9 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 167,1 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 67,9 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 106,6 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 195,1 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Maxmudov Xasanboy Ikromo‘g‘li

Chortoq tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi