06/03/2023

Namangan viloyatida 2023- yil 1-yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 402,9 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,9 kishiga ortgan (2021- yilda 1 kv.km.ga 394,0 kishi).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Davlatobod tumanida 3098,0 kishi, Yangi Namangan tumanida 2626,7 kishi, Namangan shahrida 2438,0 kishi, Namangan tumanida 941,0 kishi, To‘raqo‘rg‘on tumanida 887,0 kishi, Norin tumanida 821,4 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Pop tumanida 79,5 kishi, Chust tumanida 297,6 kishini tashkil etgan.