07/03/2023

8- mart  - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 7- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unga boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev statistika sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini takidladi. Ayniqsa, turli sohalarda mehnat qilayotgan aziz ayollarimizning o‘rni alohida ekanligi, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini alohida e’tirof etdi. 

Tadbir davomida boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati