Chust tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 279,7 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 1,9 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 51,1 %ini erkaklar 48,9 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 7102 kishini, vafot etganlar soni 1352 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 2 273 ta nikohlar va 473 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Chust tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 103 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 637 kishini tashkil qilgan.
Jurayev Vaxobjon Xoldorovich
Chust tuman statistika bo‘limi boshlig‘i