09/03/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Chust tumanida asosiy kapitalga 1341,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,2 %ni tashkil etgan. Shundan 22,2 %ini qurilish montaj ishlari, 75,6 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 2,2 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 64,1 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 168,2 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 800,3 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 12,3 mlrd. so‘mi boshqa xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 213,8 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Musayev Baxodir Fayzullayevich

Chust tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi