09/03/2023

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyatning eksportchi korxonalari soni 157 tani tashkil etib, ular tomonidan 36,6 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 97,6 % ni tashkil etib, ular Sanoat tovarlari (57,6 %), Xar-xil tayyor mahsulotlar (21,2 %) va Oziq ovqat mahsulotlari (9,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.