30/01/2023

Joriy yilning 27- yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish - milliy taraqqiyot kafolati" mavzusida seminar tashkil etildi. 

Tadbirda boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha mas'ul xodimi A. Siddiqov keyingi  yillarda yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida “Harakatlar strategiyasi dan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asoslanib yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 0‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani, mazkur dastur yurtimiz aholisining turmush tarzini yaxshilash bilan bir qatorda, ularda ertangi kunga ishonch, maqsadlar sari ildam qadamlar qo‘yishiga zamin yaratishi haqida tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachi tomonidan kerakli javoblar berildi.