13/02/2023

Joriy yilning 10- fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi" mavzusida ma'naviy tadibir tashkil etildi. 

Tadbirda boshqarmaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha mas'ul xodimi A. Siddiqov buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiydan milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz uchun bebaho ijodiy-ilmiy meros qolgani hamda ushbu buyuk va bebaho nodir adabiy asarlari asrlar osha dunyo xalqlarini ham o‘ziga jalb etib kelayotgani, yurtimizda ham buyuk bobokalonimiz ijodi doimiy o‘rganilib kelayotganini takidladi. Ulug‘ ajdodimizning hayotiy o‘g‘itlarini o‘rganish, asarlarini e’tirof etish biz avlodlarning  burchimizligi haqida xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, tadbir davomida A. Siddiqov Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘zlab, bobomizning mashhur g‘azallaridan parchalar aytdi.

Tadbir qiziqarli hamda  savol-javobga boy tarzda o'tdi.