10/03/2023

Yangiqo‘rg‘on tumanida 2023- yilning 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 232,1 ming kishini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,8 %ini erkaklar 49,2 %ini ayollar tashkil etadi. 2022- yilning yanvar- dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 6420 kishini, vafot etganlar soni 935 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2022- yilda FHDYO organlarida 1 915 ta nikohlar va 263 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 257 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 382 kishini tashkil qilgan.

Obidov Ulug‘bek Xamidullayevich

Yangiqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi boshlig‘i