10/03/2023

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 663,0 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish surʼati 2021- yilning mos davriga nisbatan 120,9 %ni tashkil etgan. Shundan 32,7 %ini qurilish montaj ishlari, 64,7 %ini asbob-uskunalar va jixozlar hamda 2,5 %ini boshqa kapital ishlar va sarflarga yo‘naltirilgan. Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra kiritilgan investitsiyalarning 116,1 mlrd. so‘mi korxona mablag‘lari, 14,7 mlrd. so‘mi bank kreditlari, 330,2 mlrd. so‘mi to‘g‘rida-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 183,6 mlrd. so‘mi aholi mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Farxodov Bekzod Axmadjon o‘g‘li

Yangiqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi