Joriy yilning 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalomovich Begalov, JICA ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari janob Miyazaki Suguru va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov va JICA ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari janob Miyazaki Suguru ikki tomonlama hamkorlikning joriy va istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar, shu jumladan, aholini ro'yxatga olish, qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish va turizm statistikasi bo'yicha ma'lumotlar almashinuviga to'xtalib o'tishdi.
Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni yanada mustahkamlash va hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.