2023- yilning 1- may holatiga Mingbuloq tumanida jami 56 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oyida qiymati 58,6 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan. O'sish sur'ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 113,9 %ni tashkil etgan. Qurilish ishlarining 49,0 mlrd. so'mi yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish kabi ishlar tashkil etgan.