13/03/2023

Joriy yilning 13-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov hamda Kosonsoy tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S. To‘xtasinovlar ishtirokida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, kalitlar tayyorlash, yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan  zargarlik buyumlarini yasash, va boshqa xizmat turlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilib, bir kundagi o‘rtacha mijozlar soni, bir oyda ishlagan kunlar soni, bir kunlik o‘rtacha tushum shu va boshqa ma'lumotlar shakllantirildi. Olingan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.      

Kuzatuv jarayonlaridan fotolavhalar: